Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik

2017 yil 27 oktyabr kuni institutning Geologiya va konchilik fakulteti “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston – ko‘p millatli ahil oila, Qudratimiz birlik va hamjixatligimizda shiori ostida “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Respublika Tojik milliy-madaniy markazi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limi raisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, Xalqaro injenerlik akademiyasi haqiqiy a’zosi A.Ergashev, “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi mudiri B.Xolbaev, institutning “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Q.Maxmanazarov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi B.Imomov, kafedra professor-o‘qituchilari O‘.Otaqulov, Z.Boyirov, D.Kilecheva, U.Turaev hamda 45 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

DSCN3086 DSCN3087 DSCN3108 DSCN3111