Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

2017 yil 4-5 dekabr kunlari Neft va  gaz fakultetida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bо‘lib о‘tdi.Tadbirda О‘zbekiston muslmonlar idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi ”Navo” mahallasi imom hatibi Q.Xujayorov,”TJA va B” kafedrasi mudiri B.Yeshmatova, katta о‘qituvchi R.Usmonova, “Ijtimoiy” fanlar kafedrasi dotsenti Y.X.Manzarov, fakultet dekani A.R.Mallayev,ma’naviy-ma’rifiy ishlari dekan muovini I.R.Xolbazarov, guruh murabbiylari Y.Xasanova, M.Mavlonov va talabalar ishtirok etishdi. Bosh Qomusimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25-yilligi munosabati bilan tadbirda sо‘zga chiqqanlar о‘z nutqlarida tarixan qisqa davr mobaynida Konstitutsiya о‘z yuridik tarixining kо‘p asrlik huquqiy an’analari va jahon tajribasining eng ilg‘or jihatlarini, eng maqbul prinsiplarini о‘zida mujassamlashtirganligiga va uni amalda tо‘la namoyon etayotganligiga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, unda milliylik va umuminsoniylik prinsiplariga ham nihoyatda noziklik bilan yondoshilganligini ta’kidladilar. Tadbir qiziqarli savol-javob tariqasida о‘tdi.

20171205_152322

IMG_20171204_135851

IMG_20171204_140447