Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Konstitutsiya bilimdoni tanlovi

2017 yil 1 dekabr kuni institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” IBT tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan, talaba-yoshlarni konstitutsiyaga oid bilimlarini, huquqiy ongi va dunyoqarashini mustahkamlash maqsadida fakultet jamoalari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Neft va gaz fakultetining “Burgut”, Geologiya va konchilik fakultetining “Tinib tinchimas geologlar”, Iqtisodiyot fakultetining “Jasorat”, Muhandis texnika fakultetining “Adalot”, Energetika fakultetining “Qalqon” hamda Texnologiya fakultetining “Lochin” jamoalari o‘zaro bellashishdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra:

1-o‘rinni Iqtisodiyot fakultetining “Jasorat” jamoasi

2-o‘rinni Energetika fakultetining “Qalqon” jamoasi

3-o‘rinni Texnologiya fakultetining “Lochin” jamoalari egallashdi.

Tadbirda Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i L.Saodatova, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Tursunov, Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi huzuridagi notarial-arxiv mudirasi V.Boboeva, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Xotin-qizlar qumitasi raisi T.Mamanova, “O‘zbekiston tarixi” kafedra mudiri Yu.Ergasheva, kafedra professor-o‘qituvchilari Q.Maxmanazarov, Ch.Temirova, D.Vasieva, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqa g‘oliblariga institut rektorining 1,2,3-darajali diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

IMG_9222

IMG_9227

IMG_9234

IMG_9269

IMG_9418