Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

O‘zbekiston dunyo nigohida

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida 7880 nafar talaba tahsil oladi, 321 ta akademik guruhlar mavjud. Ushbu guruhlarga institut rektorining buyrug‘i bilan tajribali pedagoglardan murabbiylar tayinlangan. Murabbiylarning huquqiy savodxonligini sinab ko‘rish, ularning ijodiy yondoshuvlarini aniqlash, mustaqil fikrlarini bilish maqsadida institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlab Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi asosida “O‘zbekiston dunyo nigohida” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov nizomiga muvofiq ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqich joriy yilning 29,30 noyabr hamda       1 dekabr kunlari institut katta o‘quv auditoriyalarida murabbiylarning bo‘sh vaqtlarida esselar yozdirildi. Ikkinchi bosqichda tanlov g‘oliblari rag‘batlantirildi. Fakultetlarda 1,2,3-o‘rinlarni egallagan 18 nafar murabbiy hamda institut bo‘yicha 1,2,3-o‘rinlarni egallagan 21 nafar murabbiylar taqdirlandilar.

Institut bo‘yicha birinchi o‘ringa “Gidrotexnika inshootlar va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professori R.Xo‘jaqulov, ikkinchi o‘ringa “Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi H.Azimova, uchinchi o‘ringa “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti Ch.Temirova munosib ko‘rildi. G‘oliblarga institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplomlar, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

IMG_0407

IMG_0439

IMG_0444

IMG_0467

IMG_0473