Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 5 nafar talabasi nomli davlat stipendialari tanlovida g‘olib bo‘lishdi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 2017-2018 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha nomli Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash jarayonining 1-bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Nomli davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga  hamda vazirlikning 87-02-1969 sonli xatiga muvofiq tashkil etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Neft va gaz fakulteti  “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo‘nalishi  3 kurs talabasi Xoliqulov Sxoxrux Pirnafas o‘g‘li. O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Neft va gaz fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabasi Yuldashev Sherzodjon Ne’matovich, Texnologiya fakulteti “Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabasi Xo‘jaeva Roxilabonu Saidusmon qizi, Energetika fakulteti “Issiqlik energetikasi” ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabasi Muxiddinov Zuxriddin Mirsalim o‘g‘li, Neft va gaz fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishi 3 kurs talabasi Rajabaliev Boburbek Alisher o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdi.

Stipendiya  sovrindorlari  institut  Ilmiy  Kengashining  29  noyabrdagi

4-sonli yig‘ilishida tanishtirildi va keng jamoatchilik ishtirokida diplomlar va esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

55555

66666666

1111111111

2222222222

3333333333

444444444444