Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

2-sonli talabalar turar joyida Namunali xona ko‘rik-tanlovi

2017 yil 18 dekabr kuni institutning 2-sonli talabalar turar joyida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va institut xodimlari va talabalari  kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarni ijtimoiy ahvolini yaxshilash, odob-axloqi o‘zini tutish, kiyinish madaniyati va xona jihozlarini tartibli va ozoda saqlash, o‘quv, badiiy adabiyotlardan foydalanayotganliklarini o‘rganish maqsadida “Namunali xona” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov davomida 1. Xonalarning toza ozodaligi, 2. O‘quv darsliklari va badiiy adabiyotlarning mavjudligi, 3. Xonalarning jihozlanish tartibi va tozaligi kabi shartlar asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra

1-o‘rinni 217-xona namunali xona deb topildi.

2-o‘rinni 103-xona namunali xona deb topildi.

3-o‘rinni 305-xona namunali xona deb topildi.

Tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, institut xodimlari va talabalari  kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimi O‘.Abdullaev, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT etakchisi Z.Eshonqulov, 1 va 2-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagoglari S.Normurodov, A.Nurmatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Namunali xona deb topilgan xonalarda yashayotgan talabalarga institut rektorining faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘alari topshirildi.

20171218_181426

20171218_183449

20171218_193640

20171218_193704