Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“9 dekabr-Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari

 2017 yil 9-10 dekabr kunlari institutning barcha fakultetlarida, talabalar turar joylarida soha mutaxassislari hamda institutning professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosat va chora-tadbirlarni qo‘llab quvvatlash dasturi”ning 12-bandida belgilangan “9 dekabr-Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida “Korrupsiyaning-jamiyat rivojiga tahdidi” mavzusida davra suhbatlari, “Rektor va yoshlar” ochiq muloqotlari, ARMda huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarda institut rektori N.Maxmudov, Qashqadaryo viloyat IIB “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish” bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Z.Tursunov, Qarshi shahar IIB jinoyat qidiruv bo‘lim boshlig‘i mayor O.Turaev, Qarshi shahar IIB jinoyat qidiruv bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari mayor R.Raximov, Qarshi shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O.Hamidov, institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlar, institutning professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.
20171207_150843
IMG_0498
IMG_0531
IMG_0534
IMG_0749
IMG_0751