Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Nihol” talabalar teatr studiyasi Talabalar teatr studiyalari festivalida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomondan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan Talabalar teatr studiyalari faoliyati orqali yoshlarimizning ongi va mafkurasini to‘g‘ri shakllantirish, ularni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish va rag‘batlantirish maqsadida 2017 yil 15-17 dekabr kunlari Toshkent davlat san’at va madaniyat institutida Talabalar teatr studiyalari festivalining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Talabalar teatr studiyalari tomonidan namoyish etilgan spektakllar, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va teatr mutaxassisilaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Festivalda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi CHingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari asosida, Akbar Berdiev tomonidan sahnalashtirilgan “Manqurt” nomli spektakl bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi spektakl” naminatsiyasini qo‘lga kiritdi.

photo_2017-12-20_11-27-49

photo_2017-12-20_11-27-54

photo_2017-12-20_11-28-26

photo_2017-12-20_11-28-43

photo_2017-12-20_17-25-54

photo_2017-12-20_17-27-46