Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Giyohvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!, Odam savdosiga qarshi kurashish-barchaning vazifasi

2017 yil 19 dekabr kuni institutning Neft va gaz fakultetining katta majlislar zalida Qarshi shahar IIB bilan hamkorlikda talaba-yoshlarni ogohlik ruhida tarbiyalash ularni ongida shukronalik tuyg‘usini shakillantirish maqsadida “Giyohvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!”, “Odam savdosiga qarshi kurashish-barchaning vazifasi” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Qarshi shahar ichki ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.N.Jo‘raev, Qarshi shahar “Aralovul” mahallasi imom hatibi D.Boboqulov, institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi deputati Yu.Manzarov, institut murabbiylar kengashi raisi S.Ibragimov, Neft va gaz fakulteti dekani A.Mallaev, ma’naviy-ma’rifiy ishlari dekan muovini I.Xolbazarov, kafedra mudirlar, professor-o‘qituvchilar hamda 140 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

IMG_2118

IMG_2124

IMG_2125

IMG_2134

IMG_2137