Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 2017 yil 23 dekabrda mamlakatimizda xotin-qizlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi  va  O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi tomonidan  e’lon qilgan yurtimizning iqtidorli xotin-qizlarini «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» Birinchi Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov 2018 yil – faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlanib o‘tkazildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati xokimi 1-o‘rinbosari, viloyat Xotin-qizlar Qo‘mitasi raisi R. Eshqobilova, kotibiyat mudiri M. Ochilova, viloyat «Olima ayollar» uyushmasi raisi                          Yu.Ergasheva, «Ixtirochi ayollar» uyushmasi raisi M. Xakimova, viloyat «Tadbirkor ayollar» uyushmasi raisi O. Ochilova, viloyat «Oila markazi» raisi               Z.Mamanazarova, Qarshi shahri xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R. Sherova,         QarMII xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu. Raxmanovalar ishtirok etishdi. Tanlovda Qashqadaryo viloyatining olima ayollari, doktorant, o‘qituvchi, magistrant, iqtidorli talaba, ixtirochi, ratsionalizator, injener, dasturchi va  tadbirkor xotin-qizlar o‘z ixtirolari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion  loyixalari bilan qatnashishdi. Tanlov so‘nggida g‘oliblar va ishtirokchilar sertifikat va esdalik  sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

IMG_2283

IMG_2372

IMG_2382

IMG_2427