Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Milliy-armiya xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir

2018 yil 12 yanvar kuni institutning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida Mudofaa vazirligining harbiy havo qo‘shinlariga qarashli 10329-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi munosabati bilan hamda “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Milliy-armiya xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institutning Akademik letsiy va kasb hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Z.Botirov ochib, tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayrami hamda “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” bilan tabriklab, barchamizning tinch va xotirjam hayotimiz qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinayotganligi, mana shunday sharafli va mas’uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan harbiylarning faoliyati to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng Mudofaa vazirligining harbiy havo qo‘shinlariga qarashli 10329-sonli harbiy qism ofitserlari, mayor I.Norqobilav, kapitan SH.Tolipov, kapitan A.Matnazarov so‘zga chiqib, ular talaba-yoshlarga mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumotlar berishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Tadbirda Iqtisodiyot fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini K.Mirzaev, “Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri G.Jumaeva, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Yu.Ergasheva, fakultet professor-o‘qituvchilari Z.Shoxujaeva, Sh.Fayzieva hamda 86 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Harbiylar hayotiga bag‘ishlangan” film namoyish etildi.

IMG_4843

IMG_4868

IMG_4875

IMG_4877