Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Milliy armiyamiz-bizning iftixorimiz va g‘ururimiz

2018 yil 12 yanvar kuni institutning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov merosini o‘rganish xonasida” “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi munosabati bilan hamda “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab Milliy armiyamiz-bizning iftixorimiz va g‘ururimizmavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Yu.Ergasheva, Mudofaa vazirligining harbiy havo qo‘shinlariga qarashli 10329-sonli harbiy qism ofitserlari, mayor I.Norqobilav, kapitan Sh.Tolipov, kapitan A.Matnazarov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda 62 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Harbiylar hayotiga bag‘ishlangan” film namoyish etildi.

Tadbir davomida institutning “Barkamol avlod” talabalar badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan tayyorlangan tadbir dasturi ishtirokchilarga namoyish etildi.

IMG_4669

IMG_4695

IMG_4719

IMG_4771