Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institutda talabalari o‘rtasida Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab insholar tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi 42-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda joriy yilning 20-29 yanvar kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Ozod va obod vatanga baxshida umr” va “Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning dastlabki, fakultetlar kesimida 300 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etib o‘tkazilgan 1-bosqichida 1-2 va 3 o‘rinlarni egallagan talabalarning insholari 2-bosqichda qatnashish uchun taqdim etilgan jami 15 ta ijodiy ishlar institut Hakamlar Hay’ati tomonidan o‘rganib chiqildi.

Hakamlar Hay’ati qaroriga ko‘ra, Iqtisodiyot fakulteti, “Kasb ta’lim iqtisodiyoti” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Botirova Saodat tomonidan “Ozod va obod vatanga baxshida umr” mavzusida yozilgan insho birinchi o‘rinni, Geologiya va konchilik fakulteti, “Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Jumaeva Durdona tomonidan “Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida yozilgan insho ikkinchi o‘rinni, Muhandis texnika fakulteti, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Samidjonova Oydinoy tomonidan “Ozod va obod vatanga baxshida umr” mavzusida yozilgan insho uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalarni tanlov Nizomi asosida 1-o‘ringa- 500 000 (besh yuz ming) so‘m, 2-o‘ringa- 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m, 3-o‘ringa- 300 000 (uch yuz ming) so‘m miqdorida pul mablag‘lari hamda institut rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

222222

4444444

11111111

33333333