Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Islom Karimov-buyuk davlat va siyosat arbobi

2018 yil 26 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yiligiga bag‘ishlab “Islom Karimov-buyuk davlat va siyosat arbobi” mavzusida yosh olimlar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori N.Maxmudov, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G‘.Uzoqov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kegashi bo‘limi boshlig‘i F.Abdinazarova, institut “Nuroniylar” Kengashi raisi YU.Manzarov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri professor Yu.Ergasheva, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri J.SHonazarov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti Ch.Temirova, Q.Maxmanazarov, Buxoro shahar 40-maktab o‘qituvchisi D.Solieva, Qarshi bank kolleji o‘qituvchisi O.Xolboeva, fakultet dekanlari, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT etakchisi Z.Eshonqulov, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

IMG_6384

IMG_6388

IMG_6416

IMG_6472