Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

G‘azal mulkining sultoni

2018 yil 9 fevral kuni Neft va gaz fakultetining iqtidorli talaba-yoshlari tashabbusi bilan O‘zbek adabiyotining asoschisi, ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi Alisher Navoiyining tavalludining 577-yilligiga bag‘ishlab “G‘azal mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Xolbozorov, ”Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Yu.Manzarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi fakultet boshlang‘ich tashkiloti etakchisi M.Qodirov hamda 123 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirning badiiy qismida institutning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan A.Navoiyning g‘azal va ruboiylaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

photo_2018-02-12_15-04-07

photo_2018-02-12_15-04-31

photo_2018-02-12_15-04-46

photo_2018-02-12_15-04-48

photo_2018-02-12_15-04-54