Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

El ardog‘idagi ijodkorlar

2018 yil 13 fevral kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida Geologiya va konchilik fakulteti professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 535 yilligiga bag‘ishlab “El ardog‘idagi ijodkorlar” mavzusida adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institutning Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Z.Botirov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir “Musiqa” nashriyotining direktori Amir Xudoyberdi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi” Rustam Ochil, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Nazarov, institut Murabbiylar kengashi raisi S.Ibragimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi Z.Eshonqulov, institut psixologi X.Nurmatova, professor-o‘qituvchilar hamda 86 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida institutning iqtidorli talabalari tomonidan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan g‘azal va ruboiylar ijro etildi.

IMG_7383

IMG_7393

IMG_7404

IMG_7447