Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Nafosat ilmining sohiblari

2018 yil 13 fevral kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida Geologiya va konchilik fakulteti professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi va Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 535 yilligiga bag‘ishlab “Nafosat ilmining sohiblari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Nazarov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti Ch.Temirova, institut psixologi X.Nurmatova, 1-sonli TTJ pedagog-tarbiyachilari A.Nurmatov, G.Azizova hamda 46 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan g‘azal va ruboiylari ijro etildi. Tadbirda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar institut rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

IMG_7486

IMG_7489

IMG_7502

IMG_7539