Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Adabiyot vakillari bilan ijodiy uchrashuv

 

2018 yil 6 mart kuni Axborot-resurs markazida Muhandis texnika fakultetining “Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi, institut Axborot-resurs markazi va О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bо‘limi bilan  xamkorlikda, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tо‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan “Adabiyot vakillari bilan ijodiy uchrashuv” tashkil etildi.

Davra suhbatida, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bо‘limi raisi, shoir О‘roz Haydar, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ali Niyoz, Axborot-resurs markazi direktori M.Turdiyeva, Muhandis texnika fakultetining dekan muovinlari U.Turayev, I.Saidov, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti R.Xо‘jaqulov hamda 58 nafar talaba-yoshlar va kafedra professor-о‘qituvchilari ishtirok etishdi.

102043

103641

103857

105352