Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya qilish – kasaba uyushmalari faoliyatining bosh yо‘nalishidir

             Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida joriy yilning 16 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ish beruvchisi bilan institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qо‘mitasi о‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir о‘tkazildi.

Tadbir kun tartibida tо‘rtta masala muhokama qilindi. Jumladan,  institut ish beruvchisi bilan kasaba uyushma qо‘mitasi о‘rtasida 2015-2017 yillarga mо‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2017 yilda bajarilishi bо‘yicha tomonlar hisobotlari tinglandi, kun tartibidagi ikkinchi masalada jamoa shartnomasining 2017 yilda bajarilishi bо‘yicha nazorat qilib boruvchi komissiyaning axboroti tinglandi. Shundan sо‘ng, 2018-2020 yillarga mо‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining loyihasi ilovalari bilan birgalikda yig‘ilganlar muhokamasining markazida bо‘ldi.

Mazkur tadbir orqali О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni hayotga, xususan institut hayotiga samarali tadbiq etishda tomonlar mas’uliyati yanada oshirildi.

[000346]

[000351]

[000362]

[000367]