Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Vatan mening jonimsan!

2018 yil 28 mart kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan Qarshi shahridagi “Madaniyat va aholi dam olish maskani”da Yoshlarni ona-yurtga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda mamlakatning mudofaa salohiyatini mustahkamlashda ularning mas’uliyatini oshirish, mustaqillik yillarida Vatan himoyasi yо‘lida о‘z jonini fido qilgan harbiy xizmatchilarning xotirasini e’zozlash maqsadida “Vatan mening jonimsan!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirda institutning Ma’naviyat va ma’rifat bо‘lim boshlig‘i U.Toshniyazov, barcha fakultetlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovinlari hamda 400 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Mardlar qо‘riqlaydi vatanni” mavzusidagi hujjatli film namoyish etildi.

IMG_0889

IMG_0891

IMG_0905

IMG_0907