Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Samarqand shahriga sayohat”

2018 yilning 15 aprel kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining bir guruh ishchi-xodimlariga institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qо‘mitasi tomonidan qо‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri bо‘ylab sayohat tashkil etildi. Sayohatchilar muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, Mustaqillik yillaridagi amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat davomida ziyoratchilar kо‘p ming yillik boy va bebaho tarixiy, madaniy va ma’naviy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar. Mustaqillik yillarida yangidan chiroy ochgan Samarqandga bо‘lgan sayohat davomida xodimlarimiz ulug‘ tariximiz va buyuk ajdodlarimizga kо‘rsatilayotgan hurmat-ehtiromga guvoh bо‘lishdi.

Ular dillariga bir olam quvonch baxsh etgan institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qо‘mitasiga о‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

IMG_2956

IMG_3007

IMG_3068