Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

2018 yil 23 aprel kuni “О‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan Buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi. О‘zbek davlatchilik tarixida buyuk nom qoldirgan ulug‘ ajdodimiz Amir Temur xotirasini yod etish, yoshlar qalbiga tarixiy xotira, buyuk о‘tmishimizga daxldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda О‘zbekiston milliy universiteti professori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi R.X.Sulaymonov, “О‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri professor Y.A.Ergasheva, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi F.Tilovatov,  kafedra professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

SAM_6325

SAM_6327

SAM_6330