Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

2018 yilning 21 aprel kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “О‘zbekiston tarixi” kafedrasi tashabbusi bilan О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Mudofaa va xavfsizlik qо‘mitasi, О‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi bilan hamkorlikda “О‘zbek davlatchiligi va madaniyati tarixida janubiy О‘zbekistonning о‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy Konferensiya о‘tkazildi. Konferensiya asosan tо‘rtta shо‘bada faoliyat olib bordi. Konferensiyaning ochilishida akademik A.Sagdullayev, О‘zMU professorlari R.Sulaymonov, R.Murtazayeva, professor U.Uvatov, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati K.Karomova, BuxDU professori SH.Hayitov, viloyat hokimi о‘rinbosari M.Mustafayeva, “О‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, professor Y.Ergasheva, viloyat sog‘liqni saqlash tizimidan SH.Nabiyeva hamda katta о‘qituvchi J.Eshtemirovlarning О‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid  ma’ruzalari tinglandi va qiziqarli muhokamalarga boy bо‘ldi. Tadbirda professor-о‘qituvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar jami 120 kishi ishtirok etishdi.

IMG_3855

IMG_3883

IMG_3917