Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Akademiklar bilan uchrashuv

2018 yil 19 aprel kuni Neft va gaz fakultetining Ma’naviyat va ma’rifat xonasida, 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”ga hamda Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilmning rolini oshirish, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or ilm-fan yutuqlarini amaliy joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash, hududiy va tarmoqli muammolarni hal etishda ularning faol ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, jahon miqyosida mahalliy ilm-fanning nufuzini oshirish bо‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Akademiklar bilan uchrashuv” о‘tkazildi.

Davra suhbatida, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari akademiklar Yusupov Nodirbek Rustambekovich, Igamberdi Xusan Zakirovich, Ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor G‘.Uzoqov, fakultet dekani A.Mallayev, institut professor-о‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

_MG_3559

_MG_3578

IMG_3622