Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Barkamol avlod” “Quvnoqlar va zukkolar” kо‘rik-tanlovining xududiy saralash bosqichi bellashuvi g‘olibi!

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” ijrosini ta’minlash yuzasidan talabalarning bо‘sh vaqtlarini kо‘ngilli va mazmunli о‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga о‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida joriy yilning 21 aprel kuni viloyat musiqali drama teatrida oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘rtasida “Quvnoqlar va zukolar” kо‘rik-tanlovining hududiy saralash bellashuvi о‘tkazildi.

Kо‘rik-tanlovda, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Barkamol avlod”, Xoraz viloyati “Shox rekords” xususiy korxonasining “Diplomat”, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tuman Kengashining “О‘zbegim beklari”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining “Xakkerlar” jamoalari о‘zaro bellashishdi.

Institutning “Barkamol avlod” QVZ jamoasi bellashuvda faxrli birinchi о‘rinni egallab, kо‘rik-tanlovning chorak final yо‘llanmasini qо‘lga kiritdi.

_MG_4083

IMG_4068

IMG_4167

IMG_4230