Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Talabalar teatr studiyalarining viloyat salarash bosqichi

2018 yil 20 aprel kuni Qarshi shahar “San’at” kollejida О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bо‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining joriy yil 8 fevraldagi 4-son bayoniga asosan joriy yilda tashkil etiladigan “Yoshlar-kelajak bunyodkori!” shiori ostida о‘tkaziladigan “Yoshlar festivallari” doirasida talabalar teatr studiyalarining Viloyat saralash bosqichi о‘tkazildi.

Tanlovda, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Qarshi davlat universiteti, Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali teatr jamoalari о‘z spektakllari bilan ishtirok etishdi.

О‘tkazilgan tanlovda, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi, Akbar Berdiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Xazon bо‘lgan umr” nomli spektakli faxrli ikkinchi о‘rinni qо‘lga kiritib О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

IMG_3646

IMG_3720

IMG_3738

IMG_3778