Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

15-may – Xalqaro oila kuniga bag‘ishlab institut xotin-qizlari о‘rtasida “Sog‘lom ona-sog‘lom bola-sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqalari о‘tkazildi.

2018 yil 26 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sport majmuasida institut Xotin-qizlar kengashi, xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qо‘mitasi hamda “Jismoniy tarbiya” kafedrasi hamkorligida, Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular о‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari samaradorligini ta’minlash, huquqiy va tibbiy madaniyatini, kasbiy mahoratini yuksaltirish, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash bо‘yicha yillik rejasini amalga oshirish maqsadida 15-may – Xalqaro oila kuniga bag‘ishlab institut xotin-qizlari о‘rtasida “Sog‘lom ona-sog‘lom bola-sog‘lom oila” shiori ostida sportning Shaxmat, Stol tennisi bо‘yicha va “Quvnoq startlar” sport musobaqalari о‘tkazildi.

Musobaqada faol ishtirok etib, g‘olib bо‘lgan jamoalar institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qо‘mitasi tomonidan tashkil etilgan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

_MG_8099

20180526_132510

20180526_132530

20180526_132849

IMG_8175