Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Qayta tiklanuvchi energetikaning zamonaviy muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2018 yilda vazirlik miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi” ijrosi yuzasidan hamda 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlab 2018 yil 26 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Xalqaro quyosh energiyasi instituti, О‘zRFA “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Adolat sotsial demokratik partiyasi Viloyat Kengashi hamkorligida “Qayta tiklanuvchi energetikaning zamonaviy muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bо‘lib о‘tdi.

Anjumanda Xalqaro quyosh energiyasi instituti, bosh ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor R.Avezov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti professori, texnika fanlari doktori A.Rajabov, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, professor T.G‘oyibov, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, professor N.Pirmatov, О‘zRFA Materialshunoslik instituti, yetakchi ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori M.Mamatqosimov, institutning Ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori G‘.Uzoqov, Adolat sotsial demokratik partiyasi Viloyat Kengashi raisi R.Raupov, Muborak IEM MCHJ bosh muhandisi R.Xayitov, “Nasaf” Elektromontaj MCHJ direktori V.Mulkanov hamda sohaning yetakchi olimlari va mutaxassislari, jami 120 nafar kishi ishtirok yetishdi.

_MG_8049

_MG_8058

DSC_0764

DSC_0783

DSC_0844