Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ilm-ma’rifat – inson ziynati

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 fevraldagi 137-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2018 yil 9 iyun kuni institut Xotin-qizlar qо‘mitasi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamkorligida “Ilm-ma’rifat – inson ziynati” mavzusida talaba-qizlar о‘rtasida intellektual kо‘rik-tanlov о‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar tasdiqlangan nizom asosida, tanishtiruv, blits-savol javoblar, xorijiy tillarda sо‘zlashuv, erkin mavzu, kitobxonlik shartlari bо‘yicha bellashdilar.

Tanlovning yakuniy natijalari hay’at a’zolari tomonidan boholanib, bajarilgan shartlar bо‘yicha 1-о‘rinni Iqtisodiyot fakulteti talabasi Z.Hamrayeva, 2-о‘rinni Texnologiya fakulteti talabasi R.Xо‘jayeva, 3-о‘rinni Geologiya va konchilik fakulteti talabasi D.Jumayeva va nominatsiyalar bо‘yicha “Eng zukko qiz” nominatsiyasi sovrindori Muhandis-texnika fakulteti talaabsi Sh.Amirqulova, “Eng jozibali qiz” nominatsiyasi sovrindori Energetika fakulteti talabasi M.Qorjovova, “Eng nafosatli qiz” nominatsiyasi sovrindori Neft va gaz fakulteti talabasi Y.Mahmudovalar g‘olib deb topilib diplom va nominatsiya sovrindorlari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.photo_2018-06-11_12-13-06

IMG_20180609_122227

IMG_20180609_110316

IMG_20180609_104859