Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institutning mini futbol jamoasi respublika musobaqasi g’olibi.

Institutning mini futbol jamoasi respublika musobaqasi g’olibi. 2018 yil 8-12 iyun kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi hamkorligida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha “Olimpiya yulduzlari” shiori ostida musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqaning 1 bosqichida 76 ta oliy ta’lim muassasasi, ikkinchi bosqichida 15 ta oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi. Qizg’in davom etgan yarim final va final musobaqalarida 1-o’rinni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti jamoasi, 2-o’rinni Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi va 3-o’rinni Toshkent arxetektura va qurilish instituti jamoalari egalladi. Birinchi o’rinni egallagan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasiga O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Kubogi, 1-darajali diplom va esdalik sovg’alari topshirildi. 2018 yil 13 iyun kuni musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritgan institut terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi o’tkazildi. Tadbirda institut rektori, prorektorlar, dekanlar, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi

photo_2018-06-13_15-20-24 bosh sahifaga IMG_9474 IMG_9481 IMG_9487 IMG_9489 IMG_9522 IMG_9524 IMG_9533