Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yangi o’quv yili “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi

2018 yil 5 sentyabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga birinchi kursga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag’ishlov” tadbiri hamda istiqlolimizning 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” mashg’ulotlari o’tkazildi.
Tadbirda institut rektori N.Maxmudov, jamoat tashkilotlari rahbarlari, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, ota-onalar hamda institut professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. Institut rektori 1-bosqich talabalarini tabriklab, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida o’z fikrlarini bildirib, bugungi kun yoshlari oldida katta va ulkan vazifalar qo’yilganligi, bu birinchi navbatda bilimli, o’z ustida tinimsiz mehnat qiladigan, intiluvchan, xorijiy tillarni puxta o’zlashtirgan yoshlar yurt kelajagini yaratuvchi ekanligini ta’kidladi.

_MG_2771
_MG_2780 _MG_2789 _MG_2796 _MG_2799 _MG_2801 IMG_2806