Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Sport sayli

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jimoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 22 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyat ta’lim muassasalari talaba-o’quvchilari o’rtasida “Sport sayli” o’tkazildi. Sport musobaqalarida viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan ko’plab iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqalar davomida institutning 400 nafar talaba-yoshlari eshtirok etib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdi:
Sportning kurash turi bo’yicha Texnologiya fakultetining 3-kur talabasi Faxriddin Tuychiev 66kg vaznda 1-o’rin, Muhandis-texnika fakultetining 3-kurs talabasi Xo’jamurodov Javohir 81kg vaznda 1-o’rin, Energetika fakultetining 1-kurs talabasi Xolmahmatov Azamat 90kg vaznda 2-o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Sportning Armrestling turi bo’yicha Muhandis-texnika fakultetining 2-kurs talabasi Suyarov Ruslan 1-o’rin, Muhandis-texnika fakultetining 2-kurs talabasi Islomov Jasur 2-o’rin, Neft va gaz fakulteti 1-kurs talabasi Komilov Diyorbek 3-o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Sportning Polvon tosh ko’tarish turi bo’yicha Neft va gaz fakulteti 1-kurs talabasi Komilov Diyorbek 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Sportning yugurish turi bo’yicha Geologiya va konchilik fakultetining 2-kurs talabasi Toshmurodov Firdavs 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Musobaqa yakunida musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallagan talaba-yoshlarga diplom va hamkor tashkilotlar tomonidan qimmatbaxo sovg’alar topshirildi.
IMG_3262

IMG_3287

IMG_3299

IMG_3334

IMG_3394

IMG_3427

IMG_3526

IMG_3574

IMG_3158

IMG_3189