Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi dolzarb masalalar va amalga oshrilayotgan islohatlar

2018 yil 25 sentyabr kuni institutning Neft va gaz fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi tomonidan, Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi bilan hamkorlikda “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi dolzarb masalalar va amalga oshrilayotgan islohatlar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda fakultet dekani A.Mallaev, Qashqadaryo SSM DK Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi rahbari J.Nuritdinov, Qashqadaryo SSM DK 1-toifali mutaxassisi R.Azizov, kafedrasi professor o’qituvchilari, hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tadbir ishtirokchilariga metrologiya, metrologik ta’minot, metrologik tekshiruv va uning amalga oshirilishi, akkreditlangan sinov laboratoriyalarining faoliyati, Qashqadaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazi DK tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumotlar berildi.
photo_2018-09-26_16-42-06

photo_2018-09-26_16-42-20

photo_2018-09-26_16-42-31

photo_2018-09-26_16-43-23