Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yosh tadbirkor – elga madadkor

2018 yil 24 sentyabr kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida kafedra haftaliklari doirasida “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Yosh tadbirkor – elga madadkor” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini K.Mirzaev, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri A.Qurbonov, kafedra professor o’qituvchilari Sh.Fayzieva, Z.Shoxo’jaeva, Sh.Amirqulov, O.Amanov, 1-sonli talabalar turar joyi tarbiyachisi I.Gapparova hamda 58 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan, tadbikorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligini, biznes rejalarni tuzish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to’g’risidagi savollar bilan murojaat qilishib o’z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun dastlabki ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

photo_2018-09-25_16-30-28

photo_2018-09-25_16-30-39

photo_2018-09-25_16-31-57