Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish

2018 yil 27 sentyabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakultetida Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda, Qarshi shahar IIB XPBTP profilaktika ispektori kapitan S.Qalandarov, Qashqadaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazi epidemiolog shifokori R.Turdieva, fakultet dekani A.Mallaev, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini I.Xolbazarov, fakultet xotin-qizlar raisi D.Azizova, fakultet professor-o’qituvchilari hamda 74 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish, talaba-yoshlar o’rtasida turli huquqbuzarlik va jinoyatchilik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning oldini olish, ularda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish va huquqiy ongini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlab o’tildi.

20180926_152830

20180926_153140

20180926_153204

20180926_153219

20180926_155508