Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Korruptsiya-milliy xavfsizlikka tahdid

2018-yilning 26-sentyabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Muhandis-texnika fakultetida, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Korruptsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda Qarshi shahar IIB katta tezkor vakili, leytenant J.Sharopov, inspektor T.Qudratov, institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i U.Toshniyazov, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini U.Turaev, “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri J.Rahimov, fakultet professor-o’qituvchilari hamda 56 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ma’ruzachi professor-o’qituvchilar va taklif etilgan mutasaddi xodimlar tomonidan talaba-yoshlarga tushuncha, ko’rsatmalar berilib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun va qonun ijrosini amlaga oshirilishida islohotlar yanada izchil tus olishiga sharoit yaratilayotgani, xalqimizda katta umid, ertangi kunga ishonch uyg’otishi haqida ta’kidlab o’tildi. Tadbirda bu borada batafsil fikr-mulohazalar yuritilib, ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.photo_2018-09-27_09-42-25

photo_2018-09-27_09-42-31

photo_2018-09-27_09-42-53

photo_2018-09-27_09-43-06

photo_2018-09-27_09-41-38

photo_2018-09-27_09-41-52

photo_2018-09-27_09-41-59