Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Xotin-qizlar o’rtasida diniy mutaasiblikni oldini olish

2018 yil 27 sentyabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Muhandis – texnika fakulteti “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi tomonidan O’zbekiston musulmonlar idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar o’rtasida diniy mutaasiblikni oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston musulmonlar idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi, Qarshi shahar Qumqishloq jome’ masjidi imom xatibi Ya.Mansurov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori A.Xayriddinov, institutning Xotin-qizlar kengashi raisi Yu.Raxmonova, “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi mudiri Sh.Bo’ronov, institut psixologlari X.Nurmatova, N.Saodatova, fakultet boshlang’ich Xotin-qizlar tashkiloti raisi D.Abdieva, stajyor- o’qituvchi D.Ergasheva, kafedra professor-o’qituvchilari hamda 70 nafar talaba-qizlar ishtirok etishdi.

_MG_3671

IMG_3648

IMG_3652

IMG_3653

IMG_3668