Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Diniy bag’rikenglik-millatlararo totuvlikning garovidir

2018 yil 29 noyabr kuni institutning Muhandis-texnika fakulteti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi musulmonlar idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda, 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan “Diniy bag’rikenglik-millatlararo totuvlikning garovidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda, Institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A.Xayriddinov, Qarshi shahar Qumqishloq jome’ masjidi yordamchi imomi Ya.Mansurov, fakultetning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini U.Turaev, kafedra mudiri J.Raximov, kafedra professor-o’qituvchilari hamda 58 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili, e’tiqodi, ijtimoiy xolatidan qat’iy nazar O’zbekiston halqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek e’tiqod erkinligi mustahkamlanganligi haqida tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi

_MG_0717 _MG_0718 _MG_0735 _MG_0711