Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Mardlar qo’riqlaydi Vatanni

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 140-son qarori ijrosini samarali tashkil etish to’g’risida”gi 34-sonli qo’shma qarori hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining mazkur qo’shma qaror asosida 2018 yil 2 maydagi 359-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2018 yil 28 noyabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida o’quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida akademik litseyining 214, 105 – maxsus harbiy guruhlari o’rtasida “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” mavzusidagi bellashuv o’tkazildi.

Bellashuv davomida guruhlar saf tortish, safda yurish, qo’shiq bilan o’tish, turnikka tortilish, granata uloqtirish, 100 metrga va 3000 metrga yugurish, to’siqlar yo’lagidan o’tish, havoli miltiqdan o’q otish, arqon tortish, ChQBT, O’zbekiston tarixi va siyosiy fanlardan savol-javob sharti, L-1, OZK kiyish, tosh ko’tarish, armrestling, estafeta, AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig’ish kabi shartlar bilan bellashdilar Bellashuvning yakuniy natijalariga 214-maxsus harbiy guruhi 79 ball bilan 1-o’rinni, 105-maxsus harbiy guruhi 72 ball bilan 2-o’rinni ko’lga kiritdilar. Bellashuvda faol ishtirok etgan o’quvchilar maqtov yorliq hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

photo_2018-11-29_16-50-13 photo_2018-11-29_16-50-19 photo_2018-11-29_16-50-44 photo_2018-11-29_16-50-08