Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“O’zbekiston yoshlari yangi zamon bunyodkorlari” festivali doirasida institutda “Innovatsion ixtirochilar” ko’rgazmasi o’tkazildi.

2018 yil 27 noyabr’ kuni O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan institutda “O’zbekiston yoshlari yangi zamon bunyodkorlari” festivali doirasida hamda 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yidi” munosabati bilan “Innovatsion ixtirochilar” ko’rgazmasi va Kollej va Akademik litsey talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.

Tadbirda, O’zbekiston yosh fermerlari Kengashi bo’lim boshlig’i B.Axadqulov, O’zbekiston yosh fermerlari Kengashi bosh mutahasisi N.Majidov, O’zbekiston yosh fermerlari Kengashi Qashqadaryo viloyat bo’lim boshlig’i S.Eshonqulov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori A.B.Xayriddinov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti etakchisi Z.Eshonqulov, professor-o’qituvchilar hamda 150 nafar institut faol talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Ko’rgazmada, 40 nafar iqtidorli talabalarning o’z ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etishdi.
_MG_0360


_MG_0371
_MG_0388 IMG_0296 _MG_0305