Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Zakovat intelektual o’yinining institut bosiqichi o’tkazildi

2018 yil 29 noyabr kuni O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkilotining “Yetakchilar loyihasi oyligi” munosabati bilan Iqtidorli yoshlar klubida institut fakul’tetlari hamda magistratura bo’limidan tuzilgan jamoalar o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yinining institut bosiqichi o’tkazildi. Zakovat intelektual uyinida 6 ta jamoa: Energetika fakultetining “Fortuna” jamoasi, Magistratura bo’limining “Omadlilar” jamoasi, Iqtisodiyot fakultetining “Biznes” jamoasi, Geologiya va Konchilik fakultetining “Tinib tinchimas geologlar” jamoasi, Muhandis texnika fakultetining “Muhandislar” jamoasi, Neft va Gaz fakultetining “Liderlar” jamoalari o’zaro bellashdilar.

Zakovat intelektual o’yinining yakuniy natijalariga ko’ra 1-o’rinni Iqtisodiyot fakultetining “Biznes”, 2-o’rinni Neft va gaz fakultetining “Liderlar”, 3-o’rinni Muhandis-texnika fakultetining “Muhandislar” jamoalari egallashdi. Zakovat intelektual uyinida g’olib bo’lgan jamoalarga O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan diplom va esdalik sovg’alar topshirildi.

_MG_0669 _MG_0698 _MG_0763 IMG_0777 _MG_0620 _MG_0644