Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi

2018 yil 21-22 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Xotin-qizlar Kengashining 2 nafar a’zolari “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Yu.Ergasheva va “Elektr energetikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, Zulfiyaxonim mukofoti sovrindori X.Xoliqova ishtirok etishdi.
Konferensiya davomida O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasining hisoboti tinglanib, Qo‘mitaning ustuvor vazifalari belgilandi, yangi tahrirdagi Ustav loyihasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruvi a’zoligiga professor Yu.Ergasheva saylandi. 
Konferensiya doirasida ishtirokchilar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmuasiga tashrif uyushtirishdi.