Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

O‘quv seminar o‘tkazildi

2019 yil 04 yanvar kuni institutning bosh binosi 115 xonasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi 87-03-4548 sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut fakultetlararo kafedralar professor-o‘qituvchilarining qishki ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Mahmanazarov, institut murabbiylar kengashi raisi S.Ibragimov hamda 209 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy masalalarda malakasini oshirish yuzasidan tayyorlangan videodarslar namoyish etildi.