Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi 87-03-4548 sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 05 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Qarshi shahar Prokuraturasi, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, Qarshi shahar prokurorining katta yordamchisi J.Rahmatov, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergovchisi Sh.Agayev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O.Bozorov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Mahmanazarov, institut murabbiylar kengashi raisi S.Ibragimov hamda 108 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy masalalarda malakasini oshirish yuzasidan tayyorlangan videodarslar namoyish etildi.