Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Sportning Minifutbol turi bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 7 yanvar kuni institut Sport majmuasida institut professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida sportning Minifutbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada 4 ta jamoa: Energetika fakulteti, Geologiya va konchilik fakulteti, Neft va gaz fakulteti, MATI jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra Energetika fakulteti jamoasi 1-o‘rinni, MATI jamoasi 2-o‘rinni, Neft va gaz fakulteti jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.