Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini professor-o‘qituvchilar o‘tasida targ‘ib etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi

2019 yil 07 yanvar kuni institut bosh binosining 114,115,117 o‘quv xonalarida, Ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini institutning Iqtisodiyot, Texnologiya, Muhandis-texnika fakultetlari professor-o‘qituvchilar o‘tasida targ‘ib etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
Seminarda institutning O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori O.Bozorov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, fakultet dekanlari M.Aliqulov, A.Xurramov, Sh.Axmedov hamda 290 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar-treninglar davomida ma’ruzachilar tomonidan, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy masalalarda malakasini oshirish yuzasidan tushunchalar berildi.