Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini professor-o‘qituvchilar o‘tasida targ‘ib etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi

2019 yil 08 yanvar kuni Qarshi-muhandislik-iqtisodiyot institutida Ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini institutning Nef va gaz, Energetika, Geologiya va konchilik fakultetlari professor-o‘qituvchilar o‘tasida targ‘ib etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
Seminarda, institut rektori N.Maxmudov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O.Bozorov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, fakultet dekanlari X.Ravshanov, U.Panjiyev, A.Mallayev hamda 250 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar-treninglar davomida ma’ruzachilar tomonidan, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy masalalarda malakasini oshirish yuzasidan tushunchalar berildi.