Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

14- yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5413-son farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 9 yanvar kuni Qarshi muhanislik-iqtisodiyot institutida O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi, Janubiy G‘arbiy maxsus okrugi bilan hamkorlikda, Sportning Kurash va Voleybol turlari bo‘yicha Janubiy G‘arbiy maxsus okrugi harbiylar jamoasi hamda institut jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra:
Sportning Kurash turi bo‘yicha, 66 kg vaznda Texnologiya fakulteti 3-kurs talabasi Tuychiyev Faxriddin 1-o‘rinni, 81 kg vaznda Janubiy G‘arbiy maxsus okrugi askari Abdullayev Abdulla 1-o‘rinni, 100 kg vaznda Janubiy G‘arbiy maxsus okrugi askari Toshtemirov Mironshox 1-o‘rinni, 100+ vaznda Geologiya va konchilik fakulteti 1-kurs talabasi Hakimov Iskandar 1-o‘rinni egalladilar, umumjamoa hisobida institut jamoasi g‘olib deb topildi.
Sportning Voleybol turi bo‘yicha Janubiy G‘arbiy maxsus okrugi hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoalari o‘zaro bellashishdi. Ushbu bellashuvda institut jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa so‘ngida tashkilotchilar tomonidan, musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilariga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.