Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institut murabbiylar kengashining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

2019 yil 10 yanvar kuni institutning bosh binosi 115 xonasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi 87-03-4548 sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan institutning murabbiylar kengashining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, institut murabbiylar kengashi raisi S.Ibragimov, institut Xotin-qizlar kengashi raisi Yu.Raxmonova, fakultetlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari K.Mirzayev, B.Jalilov, I.Xolbozorov, U.Turayev, A.Ruziyev hamda 40 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Hisobot yig‘ilishida fakultetlar murabbiylar kengashlarining 4 oy moboynida erishilgan yutuq va kamchiliklar muhokama etilildi.