Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Konstitutsiya bilimdoni tanlovi o‘tkazildi

2019 yil 10 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi hamda 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasini chuqur o‘rganishlarini tashkil etish maqsadida, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan “Konstitutsiya bilimdoni tanlovi” o‘tkazildi. 
Tanlov davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning yaratilish tarixi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 26 yillik ta’ntanasida so‘zlagan ma’ruzasi hamda 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy majlisga qilgan Murojaati bo‘yicha tayyorlangan test savollariga 180 nafar institut guruh murabbiylari javob berishdi.